Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish uchun order berildi
Seul okrug sudi mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga uringan, buning uchun impichmentga uchragan va isyonkorlikda ayblanib hokimiyatdan chetlashtirilgan prezident Yun Sok Yolni hibsga olishga order berdi.
Davlat rahbari 18, 25 va 29-dekabr kunlari soʻroqqa kelish talablarini eʼtiborsiz qoldirdi. Shuningdek, u pochta orqali rasmiy xabarnomalarni qabul qilishdan bosh tortgan, kelmagani sababini tushuntirmagan va faqat hibsga olish uchun order chiqarilgandan keyin advokatga murojaat qilgan.
Prezidentning advokati allaqachon norozilik bildirdi va orderni “noqonuniy” deb atadi.
Odatda, hibsga olish orderi chiqarilgan kundan boshlab bir hafta davomida amal qiladi. Yun Sok Yolga nisbatan ham qidiruv eʼlon qilindi.
Yun Sok Yol amaldagi davlat rahbari sifatida, garchi u vaqtincha chetlatilgan boʻlsa ham, Prezident xavfsizlik xizmati himoyasidadir. Shu sabab xavfsizlik xodimlari prezidentni hibsga olishga qarshilik koʻrsatishi mumkinligi istisno etilmayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring