Jamoatchilik fikrida xavotirli tendensiya: 10 foizdan ziyod fuqaro oilada er xotiniga kuch ishlatishi mumkin deb hisoblaydi

18:48 17 May 2021 Jamiyat
1110 0

Xabar berganimizdek, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi oilaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimini topishga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazdi.

Tadqiqotlar telefon soʻrovi usuli yordamida oʻtkazilgan va unda respublikamizning barcha hududlarida, shahar va qishloq joylarida yashovchi 18 va undan katta yoshdagi fuqarolar, turli soha va tarmoqlarda band boʻlgan turli ijtimoiy guruhlar vakillari ishtirok etishdi.

Soʻrov natijalari koʻrsatganidek, uning ishtirokchilarining aksariyati er tomonidan xotinga nisbatan jismoniy kuch ishlatilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi, deb hisoblashadi.

Biroq oʻzbekistonliklarning jamoatchilik fikrida xavotirli tendensiya ham kuzatiladi: 10,3% respondentlar ayrim hollarda kuch ishlatish mumkin, deb hisoblaydilar. Respondentlar ushbu qismining fikriga koʻra, ayol oʻz xatti-harakati bilan erini kuch ishlatishga majbur qilgan hollarda jismoniy zoʻravonlik holatiga yoʻl qoʻyish mumkin. 

Respondentlarning fikricha, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish (23,5%), oʻzaro tushunmovchilik (22,1%) va moddiy qiyinchiliklar (20,6%) ayolga nisbatan jismoniy zoʻravonlik namoyon boʻlishining sabablari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?