Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi
“Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-139-son, 25.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, tashuvchilar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, yoʻlkira haqi boʻyicha tushumlarni jamlash uchun joylardagi transport boshqarmalarida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochilgan maxsus jamgʻarmalar Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarmalari tizimiga oʻtkaziladi.
Joylarda iqtisodiyot va moliya boshqarmalari huzurida davlat muassasasi shaklida “Maxsus jamgʻarmalar mablagʻlarini boshqarish, yoʻnalishlar ishini tahlil qilish va pul tushumlari monitoringi guruhlari” tashkil etiladi.
2024-yil 1-iyungacha:
— jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etilishi taʼminlanadi;
— Toshkent shahrida muntazam avtobus yoʻnalishlarida yoʻlovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yoʻlaklarda yoʻl harakati qoidalari buzilishini qayd etish boʻyicha jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring