Jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlariga oʻzgarish kiritishning zarurati nimada?

AOKA zalida IIV mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida ushbu masalaga izoh berildi:
— Jamoat xavfsizligini taʼminlashda bir qator salbiy voqealarning yuz berayotgani, jumladan, bugungi kunda fuqarolar, ayniqsa yoshlar orasida pichoq va boshqa sovuq qurollarni olib yurish, oʻzaro janjal vaqtida mazkur ashyolardan foydalangan holda qasddan odam oʻldirish, qasddan badanga ogʻir va oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, bosqinchilik hamda bezorilik bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilish holatlari koʻpaygan. Masalan:
— 2017-yilda — jami 1391 ta, shundan 1019 tasi yoki 73 foizi — pichoqlar;
— 2018-yilda — jami 4223 ta, shundan 2999 tasi — pichoqlar;
— 2019-yilda — jami 4451 ta, shundan 2817 tasi — pichoqlar;
— 2020-yilning 9 oyida — 29 428 ta, shundan 25 503 tasi yoki 85 foizi — pichoq va qolgani boshqa turdagi predmetlar.
Mazkur predmetlarning 58 foizi — koʻchada, 22 foizi — bozorlarda, 24 foizi — taʼlim muassasalarida aniqlangan. Buning oqibatida esa fuqarolar oʻrtasida bir-biriga nisbatan oʻzaro janjal oqibatida turli darajadagi tan jarohatlari yetkazish kabi salbiy holatlar yuz berishiga olib kelgan.
Shu sababli, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlar uchun aybdor shaxsga javobgarlik masalasini koʻrishdan koʻra, ushbu huquqbuzarliklarning oldini olish va bu bilan insonning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetishiga olib keladigan omillarni bartaraf qilish, fuqarolarni xavfsiz va tinch hayot kechirishini taʼminlash lozimligi sababli hamda “Qurol toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida ushbu Qonunni qabul qilish zarurati mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring