Jahongir Ortiqxoʻjayev: “Akfa” mening kompaniyam, hokim boʻlsam, nega uni birovga sotishim kerak?”

17:18 31 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
6916 0

Foto: Hasan Paydoyev, "Xalq so'zi"

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev “Akfa” kompaniyasining asosiy aksiyalariga egalik qilayotganini aytdi. Hokim “Toshkent Siti” qurilishida kompaniyaning ishtiroki boʻyicha turli xorijiy saytlarda eʼlon qilingan maqolalar yuzasidan berilgan savolga javobida bu haqda gapirib o‘tdi.

— Ha, “Akfa” mening 20 yillik kompaniyam. Uni oʻzim tashkil qilganman. Tan olib aytishim kerak, shahar hokimi boʻlishim tushimga ham kirmagandi. Hokim boʻlishim haqidagi xabarni yarim soat oldin eshitganman.

Oʻzim tashkil qilib, 20 yil boshqargan kompaniyani, 31 ming xodimni shunchaki tashlab ketish mumkinmi? Prezidentimiz meni hokim qilib tayinlaganlarida menga kompaniya boshqaruvini boshqalarga berish boʻyicha topshiriq bergandilar. Aksiyalarni sotib yuborish haqida gap boʻlmagan. Kompaniya boshqaruvini esa oʻzimning shogirdlarimga berganman. Hozir ularning ishiga aralashmayman. Lekin aksiyalarim turibdi.

Agar men hokim boʻlsam, aksiyalarni birovga berib yuborishga majburmanmi? Masalan, agar menda “Boeing” kompaniyasining aksiyalari boʻlsa, men hokim boʻlsam, uni sotishga majburmanmi? Yoki “Apple” kompaniyasida ulushim boʻlsa, nega uni sotishim kerak? — deydi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер