Jahon kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

05:15 18 Aprel 2022 Sport
979 0

Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati

15-17-aprel kunlari Toshkentda sayyoramizning 15 mamlakatidan vakillar ishtirok etgan badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi oʻtkazildi. Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan musobaqa oʻz yakuniga yetdi.

Jahon kubogi oʻzbekistonlik gimnastikachi Taxmina Ikromovaning haqiqiy benefisiga aylanib ketdi. U musobaqa davomida 3 ta oltin va 1ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Koʻpkurash dasturida tengsiz boʻlgan yosh gimnastikachimiz halqa va bulava yordamida bajarilgan mashqlarda oltin, tasmada esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Parij-2024 Olimpiadasi uchun yangidan shakllantirilgan oʻzbekistonlik gimnastikachi qizlar guruh bahslarida koʻpkurash dasturida va 5 halqa mashqida kumush, 3 tasma va 2 toʻp dasturida esa oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

Shu tariqa badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon kubogi musobaqasida 4 ta oltin, 2 ta kumush hamda 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida 1-oʻringa sazovor boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?