Jahon chempionatiga chiqish butun Markaziy Osiyo uchun ulkan faxr — Eldor Shomurodov
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.
“Bu tuygʻuni soʻz bilan ifodalash juda qiyin. Nafaqat biz futbolchilar, balki butun Oʻzbekiston bu yoʻllanmani juda xohlardi. Natijadan keyin hamma juda xursand boʻldi, chunki bu xalqimiz va muxlislarimiz uchun naqadar muhim ekanini hammamiz tushunardik.
Saralashdan chiqqanimizdan soʻng, nafaqat Oʻzbekistondan, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan ham koʻplab futbol muxlislari tabriklashdi. Hatto Qozogʻiston prezidenti bizning prezidentimizni tabriklaganini eshitganman. Agar Jahon chempionatida yaxshi oʻyin koʻrsatsak, Oʻzbekiston terma jamoasining muxlislari butun dunyoda paydo boʻladi.
Qurʼa oldidan ham kim bilan tushishimiz unchalik muhim emasligini bilardim. Bizning vazifamiz — guruhdan chiqish, qolganini taqdir hal qiladi. Albatta, bor kuchimizni beramiz. Biz vatanimizni himoya qilamiz va shu sababli qattiq ishlaymiz. Oʻzbekiston kuchli jamoa ekanini butun dunyoga koʻrsatmoqchimiz.
Dunyo Oʻzbekistondan chiqqan futbolchilar Yevropa klublarida oʻynay olishini koʻrdi. Bu nafaqat terma jamoaga, balki butun oʻzbek futbolga foyda keltirmoqda.
Bolaligimda Jahon chempionatiga chiqa olmaganimizda muxlislar qanchalik xafa boʻlganini eslayman. Bugun esa muvaffaqiyatlarimiz va davlatimiz rahbarining sportga, xususan futbolga boʻlgan eʼtibori tufayli muxlislar munosabati butunlay oʻzgardi. Endi Jahon chempionatida ishtirok etishimiz aniq boʻlganidan soʻng, koʻplab oʻzbekistonliklar ham AQSHga borishni rejalashtirmoqda. Ularning tribunadagi qoʻllab-quvvatlashi bizga katta kuch va yangi choʻqqilarga chiqish uchun motivatsiya beradi”, — dedi Shomurodov.
Eslatib oʻtamiz, qurʼa natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “K” guruhida Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DR, Yamayka yoki Yangi Kaledoniya terma jamoalaridan biri bilan kuch sinashadi. Uchrashuvlar Mexiko, Xyuston va Atlanta shaharlarida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring