Jabrail Shapiyev va Gʻulomjon Abdullayev Olimpiada chorak finaliga chiqdi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jabrail Shapiyev va Gʻulomjon Abdullayev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshlab oldi.
Jabrail Shapiyev erkin kurashdagi birinchi sportchimiz hisoblanadi. Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Jabrial birinchi chiqishini gruziyalik Vladimir Gamkrelidzega qarshi kechdi. -86 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz
Sportchimiz qiyin kechgan bahsda 5:1 hisobida raqibini magʻlub etdi va keyingi bosqichga yoʻl oldi. Unda yurtdoshimizga bolgariyalik Magomed Ramazanov raqiblik qiladi.
-57 kg vazn toifasida qatnashayotgan Gʻulomjon Abdullayev esa Ozorbayjonlik Aliabbas Rzazdega 11:4 hisobida magʻlubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Jabrail (Javrail) Nurmagomedovich Shapiyev 1997-yil 20-aprelda Dogʻistonda tugʻilgan. “Tokio-2020” Olimpiadasida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan. Gʻulomjon Ozodovich Abdullayev esa 1998-yil 11-noyabr Xorazmda tavallud topgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring