J. Qoʻchqorov: “2021-yilda goʻsht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida 7,2 trln. soʻmlik 1 898 ta loyiha amalga oshirildi”

13:09 26 Yanvar 2022 Jamiyat
567 0

Hisobot davrida, aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan. 

Jumladan, 2021-yilda goʻsht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida respublika boʻyicha umumiy qiymati 7,2 trln. soʻmlik 1 898 ta loyiha amalga oshirilgan holda, yangidan 21 ming ish oʻrinlari yaratilgan.

Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish maqsadida 115,4 ming nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolar 40 ta yoʻnalishdagi kasb-hunarga hamda tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishga jalb etilib, 85,6 ming nafar fuqarolar kasbga oʻqitish kurslarini muvaffaqqiyatli yakunlab sertifikatlarga ega boʻlgan.

Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J. Qoʻchqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisda maʼlum qildi. 

Majlisda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining 2021-yilda bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?