Zelenskiy va Erdoʻgʻon Mariupol aholisi hamda harbiylarni evakuatsiya qilish zarurligini muhokama qildi
Foto: Illustrativ foto
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan “muhim telefon suhbati” oʻtkazganini aytdi.
«Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari arafasida men tinch aholini Mariupoldan, jumladan Azovstaldan tezlikda evakuatsiya qilish va blokadadagi qoʻshinlarni zudlik bilan almashish zarurligini taʼkidladim», — deb yozdi Zelenskiy tvitterdagi sahifasida.
Ukraina prezidentining soʻzlariga koʻra, Erdoʻgʻon bilan suhbat chogʻida Ukraina-Rossiya muzokaralari jarayonining borishi va Ukraina uchun xalqaro xavfsizlik kafolatlarini muvofiqlashtirish masalalari ham muhokama qilingan.
Shanba kuni Zelenskiy, agar Rossiya kuchlari Mariupoldagi Azovstal poʻlat zavodida yashiringan soʻnggi ukrainalik himoyachilarni “yoʻq qilsa”, Moskva bilan har qanday muzokaralardan voz kechish bilan tahdid qilgan edi.
Turkiya ham Ukraina, ham Rossiya bilan yaxshi munosabatlarga ega va Erdogʻanning saʼy-harakatlari bilan Istanbulda oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarning birinchi bosqichi boʻlib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring