Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda
Foto: AFP
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda «Neue Zürcher Zeitung» nashri yozmoqda.
Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.
Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hududiga «chuqur zarbalar»siz Kiyev hech narsa qila olmaydi.
Yaqinda bir qancha Gʻarb davlatlari Kiyevga oʻz qurollari bilan u yoki bu shaklda Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat berdi. Xususan, bu haqda yaqin vaqtgacha Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimida ishlagan Rishi Sunak va uning hukumatida Mudofaa vaziri Grant Shapps aytib oʻtgandi.
Shu yilning iyun oyi boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva Ukrainaga uzoq masofaga uchuvchi qurollar yetkazib berilishiga assimetrik javob berishi mumkinligini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya oʻz qurollarini Kiyevni taʼminlovchi davlatlarning nozik obyektlariga hujumlar uyushtirilishi mumkin boʻlgan hududlarga oʻtkazish imkoniyatini koʻrib chiqadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring