Zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringan shaxs ushlandi

16:39 18 Noyabr 2021 Jamiyat
1319 0

111,4 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Maʼlum bo‘lishicha, Bojxona organlari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarini yurtimizga noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro R.N., A.S. va x.S.larning yuklari bojxonachilar tomonidan nazoratdan o‘tkazildi.

nazorat davomida ushbu shaxslarga tegishli yuklar orasida deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan, fuqaro R.N.ga tegishli 54 gr., A.S.ga tegishli 138 gr. hamda x.S.ga tegishli 43 gr. bo‘lgan umumiy qiymati 111,5 mln. so‘mlik zargarlik buyumlari yashirincha olib o‘tilayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmokda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?