Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish boʻyicha qilinayotgan ilmiy ishlar boʻyicha maʼlumot berildi
Foto: Халқ сўзи
Koʻsak qurti gʻoʻza va boshqa qishloq xoʻjalik oʻsimliklarining eng asosiy zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Hozirda koʻsak qurtiga qarshi kurashish uchun asosan kimyoviy preparatlardan foydalanilmoqda. Biroq, zararkunanda hasharotlar miqdorini cheklovchi tabiiy omillar mavjud boʻlib, ularga kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Ular orasida viruslar muhim ahamiyatga ega boʻlib, tanlab (maxsus) taʼsir qilish xususiyatiga ega, yaʼni faqat oʻz xoʻjayinini (hasharotni) nobud qiladi. Tadqiqot natijalariga koʻra, entomopatogen virus gʻoʻzadagi koʻsak qurtiga qarshi kurashda ekologik toza va istiqbolli biopreparat yaratishda asos boʻldi.
“Havir” biologik preparati bilan katta dala tajribalari Oʻzbekiston Respublikasining Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlari fermer xoʻjaliklarida oʻtkazildi hamda yuqori biologik samaradorligi qayd etildi.
Yana bir yangi va zararkunandalarga qarshi kurashishda muhim preparat OʻzR FA Mirobiologiya institutida ishlab chiqarildi. Uning nomi — EKOBAK.
Bu preparat gʻoʻza tunlami (koʻsak qurti), Oq qanot, shira, tengsiz ipak qurti, oʻrgimchak kana, 1-2 yoshdagi Kolorado qoʻngʻizi lichinkalari, karam tunlami, olcha shilimshiq arrakashi, olxoʻri soxta qalqondori, olxoʻri shirasi, tengsiz ipak qurti, barg oʻrovchisi kabi zararkunandalar uchun ishlab chiqilgan va bugungi kun uchun juda zarur boʻlgan zararkunandalarga qarshi kurashish vositasidir.
Gʻoʻza qurti (Helicavepa armigera) keng tarqalgan va oʻta xavfli zararkunanda boʻlib, asosan gʻoʻza balki tamaki, soya, yeryongʻoq kabi oʻsimliklarga zarar yetkazadi. Shunday ulkan masalalardan birini bartaraf etish uchun Bioorganik kimyo institutida ham koʻplab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri gʻoʻza va qishki chuvalchanglar uchun feromon tuzoqlari toʻplamlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Yillik ishlab chiqarish rejasiga muvofiq bir million donadan ortiq feromon tuzoq toʻplamidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring