Zarafshonda bir maktabning qirq nafar bitiruvchisi muddatidan oldin talaba boʻldi
Temur ESHBOYEV/ “Xalq soʻzi”. Ertaga yangraydigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari Zarafshon shahridagi 8-umumtaʼlim maktabida taʼlimni yakunlayotgan 65 nafar oʻgʻil-qiz uchun yangi hayot bosqichiga qadam qoʻyish chorlovi sifatida jaranglaydi. Quvonarlisi, bitiruvchilarning 40 nafari maktabni tugatmasdan turib, milliy va xalqaro sertifikatlar evaziga talabalik sharafiga sazovor boʻlishga ulgurishgan.
— Yana oʻn besh nafar bitiruvchimiz test sinovi natijalarini kutib turishibdi, — deydi maktab direktori Asolat Iskandarova. — Yaqin kunlarda ularning ham bir qismi oliy taʼlimga qadam qoʻyishi kutilmoqda.
Bu yutuq, avvalo, 112 nafar pedagogdan iborat jamoaning zahmatlari samarasidir. Aytish joizki, ularning 65 foizi oliy va birinchi toifali mutaxassislardir. Ularning fidoyiligi, talabalarga boʻlgan eʼtibori va metodik mahorati tufayli oʻquvchilar oʻz kasbiy yoʻnalishlarini maktab davridanoq aniqlab, maqsad sari intilishmoqda.
— 10-sinfda tahsil olayotgan oʻquvchilarimizdan ham qariyb 20 nafari allaqachon OTM talabasi sifatida roʻyxatdan oʻtdi, — deya taʼkidlaydi direktor. — Yaʼni ularning bugungi yutuqlari — faqatgina natija emas, balki yanada katta marralar sari tashlangan dadil qadamlardir.
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Zarafshon shahri maktablari taʼlim tizimida fin va yapon tajribalarini joriy etishda pioner hisoblanadi. Bunda asosiy natija faqat innovatsion texnologiyalarda emas, balki oʻqituvchi va oʻquvchining intiluvchanligi, bilimga boʻlgan sadoqati, oʻzaro hamkorlikda namoyon boʻlmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring