Zamonaviy oʻquv binosi foydalanishga topshirildi
Oqdaryo tumanining Boshdarxon mahallasida joylashgan 42-umumtaʼlim maktabida 2 milliard 520 million soʻm mablagʻ evaziga qad rostlagan 210 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi oʻquv-uslubiy markazi direktori X.Ochilov, viloyat hokimi oʻrinbosari H.Tuxtayev, Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov hamda mahalla faollari ishtirok etib, zamonaviy jihozlangan yangi binoda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Taʼkidlash joizki, joriy yilda viloyatda 81 ta maktab, 28 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash belgilangan. Natijada umumtaʼlim maktablarida 20 ming 931 yangi oʻquvchi oʻrinlari yaratiladi.
Nodavlat maktablar tashkil etishga qaratilgan eʼtibor tufayli bu yil yana 5 ta xususiy maktab faoliyat boshladi va ularning umumiy soni 51 taga yetdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring