Zamonamiz qahramonlari aks etgan asarlar

15:21 08 Oktyabr 2018 Madaniyat
4079 0

“Xalq soʻzi ONLINE“. Dilshod Karimov. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgustdagi mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvidan soʻng Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan hayotning barcha jabhalarida fidoyilarcha mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz badiiy mukammal obrazlarini yaratish, bugungi ulugʻvor bunyodkorlik ishlarini tarix zarvaraqlariga muhrlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni” ijtimoiy loyihasi eʼlon qilingan edi.

Ushbu loyiha doirasida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Qoʻchqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Luqmon Boʻrixonning “Titrayotgan togʻ”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Osmon ogʻushi” asarlari chop qilindi.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilgan mazkur kitoblar taqdimotida mamlakatimizda adabiyot rivojiga berilayotgan eʼtibor natijasida xalqimiz hayoti va tafakkuriga, qadriyatlariga yaqin asarlar yaratilayotgani taʼkidlandi.

“Zamonamiz qahramoni” turkumida chop qilingan asarlar syujeti, obrazlari taqdiri turlicha boʻlsa-da, ularni vatanparvarlik, fidoyilik, davlat va jamiyat hayotiga daxldorlik hissi bilan yashash, mehnatsevarlik, tinchlik va taraqqiyotga halol xizmat qilish kabi ulugʻvor gʻoyalar ilgari surilgani birlashtirib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер