Zabardast muharrir, isteʼdodli jurnalist
Oʻz imzosiga ega boʻlgan atoqli jurnalist Ahmadjon Muxtorov bugun hayot boʻlganida 87 yoshga toʻlgan boʻlardi.
Samarqandda kamolga yetgan mohir ijodkor dastlab “Lenin yoʻli” va “Leninskiy put” (hozirgi “Zarafshon” hamda “Samarkandskiy vestnik” gazetalari), soʻngra “Qishloq haqiqati” (hozirgi “Qishloq hayoti”) va “Selskaya pravda” gazetalariga rahbarlik qildi.
1991-yil 1-yanvardan “Xalq soʻzi” gazetasi asoschilari qatorida yangi nashrning bosh muharriri vazifasini bajarishga kirishdi. Talantli, jasoratli, fidoyi jurnalistlardan jamoani shakllantirib, gazetani chinakam xalq minbariga aylantirishga harakat qildi.
Ahmadjon Muxtorov yozgan maqolalarning jonli ruhi, ravon til va uslubi, oʻtkir fikr-mulohazalaridan imzosini oʻqimasdanoq muallifini tanish mumkin edi. Ahmadjon Gʻulomzoda, Ahmadi Muxtor, Ahmadjon Muxtorov nomi bilan nashr etilgan har bir material Vatanga muhabbat, uning kelajagi uchun jonkuyarlik tuygʻusi bilan sugʻorilgan, bu chiqishlarda mavjud muammolar teran tahlil qilingan, ularni samarali hal etishning istiqbolli yoʻnalishlari koʻrsatib berilgan.
Atoqli publitsist, mohir jurnalist va yetuk tarjimon Ahmadjon Muxtorov 2000-yilda vafot etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring