Yurtim bayrogʻi

11:05 18 Noyabr 2019 Madaniyat
1499 0

Yurtim chiroy ochmoqdasan — toʻlaman men,

Baxting koʻrib, qoʻshilishib kulaman men,

Kulaman men,

Kulaman men,

Kulaman men,

Yurtim sening bayrogʻingga inonib.

Oʻz elimda oʻzim bekman, toʻraman men,

Gar yiqilsam yana qalqib turaman men,

Turaman men,

Turaman men,

Turaman men,

Yurtim sening bayrogʻingga tayanib.

Senga nima boʻlsa sendek boʻlaman men,

Kiprigingga qirov qoʻnsa oʻlaman men,

Oʻlaman men,

Oʻlaman men,

Oʻlaman men,

Yurtim sening bayrogʻingga suyanib.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер