Yurist, makler va GTB xodimining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yer munosabatlariga oid noqonuniy holatlarning oldi olindi. Bu haqda DXX xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Ohangaron tumandagi unitar korxona yuristi, muqaddam sudlangan shaxs xaridorga Nurafshon shahrida parrandachilik bilan shugʻullanuvchi xususiy korxonaga ajratilgan 90 sotix boʻsh yer maydonini 250 ming dollarga sotishini aytadi.
Shu bilan birga, kadastr idoralaridagi tanishlari orqali mazkur ushbu yer maydonida kottejlar qurilishiga ruxsat olib berishini ham vaʼda qilib, oʻz “xizmati” uchun 30 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u avans sifatida 40 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimi oʻzining mansabdor tanishlari orqali Koʻkdala tumanidagi davlat zaxirasida boʻlgan 1 gektar yer maydonini xaridorga 500 mln. soʻmga sotishga kelishib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida qoʻlga olingan.
Boshqa bir holatda esa muqaddam sudlangan, hozirda maklerlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxs Buxoro shahrida yashovchi fuqarodan uning foydalanuvida boʻlgan umumiy maydoni 1 250 kvadrat metr koʻchmas mulk obyekti toifasini oʻzgartirib, tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish evaziga, 14 ming dollar talab qiladi.
DXXning Buxoro viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida qoʻlga tushadi.
Qayd etilishicha, hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur jinoyat ishlariga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha ham surishtiruv jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring