Yurgen Klopp “Real Madrid”ni boshqarishga rozi

10:21 24 Fevral 2026 Sport
405 0

Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp “Real Madrid”ni boshqarishga rozilik bildirdi. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar tarqatdi.

“Yurgen Klopp “qirollik klubi”ni boshqarishga rozi. Ammo u Florentino Peresga bir nechta shart qoʻydi”, deyiladi manba xabarida.

Maʼlum qilinishicha, Klopp jamoani qabul qilib olgach, “Real Madrid” Eduardu Kamavinga, Rodrigo va Vinisius Junior bilan xayrlashishi kerak.

Shuningdek, mutaxassis klubdan Aleksis Mak Allister, Kristian Romero va Florian Virsni transfer qilishni soʻragan.

Maʼlumot uchun, Madrid klubining amaldagi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bilan shartnoma mavsum yakunida oʻz nihoyasiga yetadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер