Yunusobodda suv oʻtkazgich tarmogʻi yorilib, koʻchalarni suv bosdi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgani ortidan koʻchalarni suv bosdi. Hududning katta qismi suv taʼminotidan uzilgan. “Toshkent shahar suv taʼminoti” holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, poytaxtning Yunusobod tumani Moyqoʻrgʻon koʻchasi va Qoraqamish koʻchalari kesishmasidagi d1200mm katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga kelgan.
Shu sababli tumandagi Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6, tor koʻchalari, Gʻishtqoʻrgʻon koʻchalari, Astrobod mahallasi, Turkiston, Sobirobod mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Hududda joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ham suv boʻlmasligi ham qayd etilgan.
“Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda. Suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring