Yunon-rum kurashchimiz bronza uchun armanistonlik Malxas Amoyanga qarshi maydonga chiqadi

14:15 07 Avgust 2024 Sport
212 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Aram Vardanyan “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

Aram Vardanyan birinchi chiqishida misrlik Mahmud Abdulrahmonni magʻlub etgan edi, ammo “kunchiqar yurt” vakili Nao Kusakaga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Yaponiyalik kurashchi finalga chiqib, Aramda bronza uchun oʻtish bahsida qatnashishiga imkon qoldirgandi.

Yurtdoshimiz Jazoir vakilini yirik hisobda magʻlub etdi va bronza uchun armanistonlik Malxas Amoyanga qarshi chiqadigan boʻldi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Aram Simonovich Vardanyan 1995-yilda Toshkent shahri Uchtepa tumanida tugʻilgan. Aram Jahon chempionati va Osiyo chempionatlari sovrindori hisoblanadi.

Avvalroq, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Parij Olimpiadasi oltini uchun ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер