UNESCO Markaziy Osiyo uchun “Xiva jarayoni” platformasini qabul qildi

08:59 21 Oktyabr 2021 Hujjatlar
2343 0

20-oktabr kuni UNESCO Ijroiya kengashining Oʻzbekiston uchun muhim yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Unda “Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” qaror loyihasi qabul qilindi.

Hujjatda “Xiva jarayoni” deb nomlangan mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratilishi koʻzda tutilgan.

Platformaning maqsadi – Markaziy Osiyo va undan tashqarida hamkorlikni mustahkamlash. Hujjatga 23 ta davlat hammualliflik qildi.

“Xiva jarayoni” gʻoyasi prezident Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan sentyabr oyida oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi paytida paydo boʻldi.

UNESCO bu tashabbusni oʻzbek tomoni ilgari surgani uchun minnatdorlik bildirdi va “Xiva jarayoni”ni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik oʻrnatishga tayyorligini bildirdi.

Oʻzbekiston shu nomdagi rezolyutsiyani ilgari surish boʻyicha ishlarni boshlab yubordi, u UNESCO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasiga (9-24-noyabr kunlari Parijda boʻlib oʻtadi) tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?