Oʻzbekistonlik sportchi qiz jahon rekordini yangiladi
Dubay shahrida oʻtayotgan V yoshlar Para Osiyo oʻyinlari inson irodasi, matonati qanday yuksak natijalar berishini namoyon etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada oʻzbekistonlik yosh sportchilar bu musobaqada mahorat va jasorat bilan yurtimiz nufuzini yanada yuksaltirmoqda.
Jumladan, musobaqaning para pauerlifting dasturida sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borgan Ruxshona Oʻktamova (-67 kg) 120 kilogramm ogʻirlikni boʻysundirib nafaqat oltin medalni qoʻlga kiritdi, balki yangi jahon rekordini ham oʻrnatdi.
“Yurtdoshlarimizning ishonchi va Ona Vatanimiz shuhrati uchun shunchaki shtanga koʻtarmadim, Vatan bayrogʻini baland koʻtardim”, — dedi Ruxshona gʻalabadan keyin.
-73 kg vazn toifasida bellashgan yana bir hamyurtimiz Gulyuz Neʼmatullayeva 105 kg natija bilan oltin medalga sazovor boʻldi.
-67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Dilnavo Abdumannopova esa bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Qizlarning yuksak natijasi nafaqat sport maydonidagi zafar, balki har bir yoshga kuch, matonat va orzular yoʻlida qatʼiyat bilan harakat qilish yoʻlida namunadir. Qolaversa, bu gʻalabalar yurtimizda sportga boʻlgan eʼtibor, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash qaratilayotgan ishlarining natijasi hamdir.
Ulugʻbek ROʻZIMATOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring