YUNESKO bosh konferensiyasiga endi Samarqand mezbonlik qiladi

21:49 02 Aprel 2025 Jamiyat
222 0

Parijdagi YUNESKO bosh qarorgohida Oʻzbekiston hukumati va YUNESKO oʻrtasida kelishuv imzolandi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva oʻz “Telegram” kanalida maʼlum qilgan.

Unga koʻra, Samarqand rasman YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi oʻtkaziladigan joy sifatida belgilandi. Eʼtiborlisi shundaki, soʻnggi 40-yil ichida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda oʻtkazilmagan.

“Biz madaniyat va sanʼat vositasida mamlakatimizni xalqaro maydonda targʻib etmoqdamiz, dunyo ahliga yanada yaqinlashtirmoqdamiz. Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qoʻshma loyihalar va umumiy gʻoyalarga aylanmoqda”, degan Saida Mirziyoyeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер