Toshkentda “Onix” yuk mashinasi bilan toʻqnashdi. Qurbon bor
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulugʻbek tumanida yuk avtomobili hamda “Onix” ishtirokida YTH sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 8-yanvar kuni soat 05:00 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Yangi Oʻzbekiston koʻchasi ikkinchi darajali yoʻlida haydovchi 2004-yilda tugʻilgan fuqaro M.R. “Onix” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan.
Oqibatda avtomobil yoʻl chetida harakatsiz toʻxtab turgan, 1966-yilda tugʻilgan fuqaro S.R.ga tegishli boʻlgan “GAZ-63” rusumli yuk avtomobili bilan toʻqnashishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
Ichki ishlar bosh boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Onix” rusumli avtomashina yoʻlovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring