Yozyovondagi mahallalarda yashil jamoat parki barpo etiladi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yozyovon tumanida keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga kirishildi. Ezgu tashabbus tumanni kesib oʻtuvchi va Fargʻona vodiysi hududlarini oʻzaro bogʻlovchi Buyuk ipak yoʻli avtomagistrali boʻylarini obod qilishdan boshlandi.
Shu maqsadda 4 gektar boʻsh maydon aniqlanib, ilk kunning oʻzida 70 sotix yerga manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Hasharda tumandagi 4 ta sektor, korxona–tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar va yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
— Loyiha doirasida har bir mahallada aholi, ayniqsa, nuroniylar, yoshlar hordiq chiqaradigan yashil jamoat parklari tashkil etish rejalashtirilmoqda,—deydi Yozyovon tumani hokimi Dilshodjon Jalilov. —Bu borada bizda yaxshi tajriba bor. Oʻtgan yili “Xonobod” MFYda barpo etilgan ilk yashil jamoat parki butun viloyatga namuna qilib koʻrsatildi.
Shuningdek, ayni yoʻnalishda yana bir tashabbus ilgari surilib, mahallalar, fermer xoʻjaliklari, korxonalarning boʻsh yer maydonlari hamda zovur boʻylariga terak qalamchalari ekiladi. Terak 4–5 yilda qurilishbop material boʻladi. Qolaversa, terakni qayta ishlash borasida Yozyovonda katta hayotiy tajriba bor. Eng muhimi, yilning toʻrt faslida ham ushbu mahsulotning bozori chaqqon.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sharqda hammasi tinch emas: Xitoy va AQSH Tinch okeanida faollashgani aytilmoqda
- Vatan va vijdon
- Aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi
- Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti etib saylandi
- Rasman Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov lavozimdan ketdi. Uning vazifasini bajaruvchi ham tayinlangan
- Sirdaryoda Toʻra Sulaymon uy-muzeyi ochildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring