Yozyovondagi klasterda forel, osyotr kabi baliqlarni koʻpaytirish rejalashtirilmoqda
Fargʻona viloyati qishloq xoʻjaligi tarmoqlari zamonaviy mezonlar asosida rivojlanib, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion gʻoyalar keng joriy etilyapti.
Ayni paytda viloyatning Oltiariq tumani uzumchilik, Quva anorchilik, Quvasoy shahri giloschilik kabi tarmoqlarga ixtisoslashyapti. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida esa baliqchilikni rivojlantirish uchun qulay sharoit bor. Tumanda “Ibragimov Doston fayz” baliqchilik klasteri tashkil etilib, Xitoy texnologiyasi boʻyicha baliqni sanoat usulida qayta ishlash, muzlatgichli omborxonalarda yarim tayyor mahsulot sifatida saqlash va eksport qilish faoliyati yoʻlga qoʻyilyapti.
Tadbirkor Mirzarasul Mamatov tashabbusi bilan Yozyovonda suv omborida jahon bozorida noyob va xaridorgir hisoblanuvchi forel (gulmohi), osetr (bikri) baliqlarini koʻpaytirish, konserva mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida biznes-loyiha hayotga tatbiq etilgani eʼtiborga sazovordir.
— Mustaqillik bayrami kunlari viloyat aholisiga 100 tonna baliqni arzon narxlarda, bir kilosini 8 ming soʻmdan yetkazib berishni rejalashtirganmiz, — deydi tadbirkor Mirzarasul Mamatov. — Yaqin istiqbolda suv omboridan yiliga 4-5 ming tonna baliq olish, osyotr, forel yetishtirish xoʻjaligini rivojlantirish borasida soha olimlari bilan faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Fargʻona viloyatida joriy yilda 35 ming tonna baliq yetishtirish koʻzda tutilmoqda.
B. MADIYOROV
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring