Yozgi tavsiya: koʻp ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchraydi

Issiq kunlarda inson tanasi koʻp suyuqlik yoʻqotadi. Bunday paytda organizmning suv balansini kerakli ichimliklar bilan tiklash juda muhim.
Chanqoq payti oddiy suvdan tashqari oʻsimlik choylari (romashka, yalpiz va boshqalar), olcha, olxoʻri kabi nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlar va albatta, ayron ichish juda foydali.
Ayron chanqoqni bosishi bilan birga, ishtahani ham koʻtaradi, ichak mikroflorasini tozalaydi, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi, immunitet va asab tizimi uchun ham koni foyda.
Koʻp ayron ichadigan insonlarda disbakterioz kam uchrashi ham isbotlangan.
Yana shunday mahsulotlar borki, ular ham chanqoqni yaxshi bosadi. Bularga bodring, selderey, qovun, tarvuz, apelsin kiradi.
Ayniqsa, yozgi taom boʻlmish okroshka ham chanqoqni bosadi hamda u kerakli mikroelement va vitaminlarga boydir.
Biroq yozda oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar tarkibi tez buzilishini eʼtiborga olsak, bozorlarda, yoʻl yoqalarida sotiladigan qoʻlbola hamda yaroqlilik muddati oʻtgan ichimliklarni ichish salomatlik uchun xavfli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring