Yoz neʼmatlari — qish dasturxoniga
Foto: J. Boymurodov
Qashqadaryo viloyatida har yili pishiqchilik mavsumida 170 ming tonnaga yaqin meva, 100 ming tonnadan ortiq uzum, 180 ming tonna atrofida kartoshka hamda 520 ming tonna atrofida turli sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi.

Albatta, yoz va kuz oylarida saranjomlab olingan ushbu neʼmatlarning bir qismini uzoq vaqt davomida sifatli saqlash qish va bahor fasllarida bozorlarimizda oziq-ovqat mahsulotlarining serobligini taʼminlash, qolaversa, ichki isteʼmoldan ortgan mahsulotni eksportga yoʻnaltirish qamrovini oshirishda ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Kitob tumanida faoliyat yuritayotgan “Tagob mevalari nur” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilari ham 2018-yilda 1300 tonna sigʻimga ega yirik sovitkichli sigʻimni ishga tushirgan edi. Bugungi kunda bu jamiyat tasarrufidagi bogʻlarda yetishtirilgan mevalarini sifatli saqlab, qish va bahor oylari davomida bozorga chiqarish imkonini bermoqda.

— Korxonamizning asosiy faoliyati bogʻdorchilikka ixtisoslashgan, — deydi jamiyat ish boshqaruvchisi Abdukarim Muhammadiyev. — Bugungi kunda 26 gektar bogʻimiz bor. Shuning 10 gektarida mahalliy, 16 gektari intensiv usulidagi yarim pakana olma va nok daraxtlarini parvarishlayapmiz. Bogʻimiz toʻliq hosilga kirgan. Yetishtirilgan mahsulotning bir qismini pishiqchilik mavsumining oʻzida bozorga chiqarsak, qolganini saralab, qish va bahor oylari davomida sotamiz. Bunda bizga oʻz vaqtida mazkur sovutkichli sigʻimni ishga tushirganimiz qoʻl kelyapti.
Abdukarim Muhammadiyevning qoʻshimcha qilishicha, xoʻjalikda hosilni uzoq vaqt davomida sifatli saqlab, peshma-pesh ravishda bozorga chiqarish olinadigan daromadni bir necha marotaba oshirish imkonini bermoqda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring