Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi
Mahallamizda istiqomat qiluvchi 3240 dan ortiq aholining 821 nafarini yoshlar tashkil etadi. Yakunlangan yilda uyushmagan yoshlarni faollashtirish borasida bir qator tadbirlarni amalga oshirdik. Birgina, bandlik masalasida yil boshida 567 kishi norasmiy, 4 kishi rasmiy ishsiz sifatida roʻyxatga olingandi. Birinchi navbatda, 24 tasiga 4,8 gektar yer uzoq yillik dehqonchilik uchun ajratib berildi. Har biri oʻziga ajratilgan 20 sotix ekinzorda bir kontur bir mahsulot tamoyilida ish tashkil etib, makkajoʻxori yetishtirdi. Dehqon bolalari emasmi, barining ishi yurishdi. Yer egalarining daromadi 75 million soʻmgacha bordi.
Uychi tajribasini keng qoʻllagan holda imtiyozli kredit, subsidiya ajratish yoʻli bilan oʻzini-oʻzi band qilish amaliyotini qoʻllab, bir qator tengdoshlarimizni ijtimoiy foydali mehnatga tortdik. Uzoq vaqtdan buyon oʻziga mos ish topa olmay kelayotgan Mahmudjon Ibrohimovga “Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi” mablagʻi hisobidan motokultivator olib bergandik. Mehnatini ayamay kuniga 200-300 ming soʻmga yetkazib pul topa boshladi. Asadxon Botirov bankning imtiyozli krediti bilan xonadonida sim toʻr ishlab chiqarish boʻyicha biznesini yoʻlga qoʻydi.
Yoshlar orasida iqtidorlarni aniqlash va ular bilan ishlashni ustuvor oʻringa qoʻyganmiz. Yigit-qizlarimizning 90 nafari mamlakatimiz va boshqa davlatlardagi OTMlarda tahsil olmoqda. Koʻpchiligi chet tillarni puxta oʻzlashtirib, maxsus sertifikatni qoʻlga kiritgan. Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan oʻrnatilgan aloqa orqali muammolar yechimiga yaqindan koʻmaklashyapmiz. Sportni ommalashtirish borasida ham bir qator yutuqlarga erishdik. Jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan Husniddin Usmonjonovning yaqinda Tailandning Nakxon Ratchasima shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻyinlarida para yengil atletika hamda para pouverlifting boʻyicha faxrli ikkinchi oʻrinni egallab qaytgani barchani faxrga toʻldirdi.
Doniyor ABDURAHMONOV,
Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Oʻrda mahallasi yoshlar yetakchisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring