Yoshlar parlamenti va BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) hamkorligida oʻquv seminari oʻtkazildi

16:55 12 Avgust 2025 Siyosat
248 0

12-avgust – Xalqaro Yoshlar kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) tomonidan “Yoshlarning demografik jarayonlardagi roli va imkoniyatlari” mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi.Tadbirda Yoshlar parlamentining 40 nafar aʼzosi ishtirok etdi.

Oʻquv seminarini Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova kirish soʻzi bilan ochib berib, yoshlarning demografik barqarorlik jarayonida faol ishtiroki boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

Oʻz navbatida, UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbarining oʻrinbosari Matluba Umurzakova yoshlarga oid siyosat va demografik barqarorlikka oid davlat dasturlari hamda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning dolzarb yoʻnalishlari haqida maʼlumot berdi.

Seminar doirasida demografik barqarorlik, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi oʻrni, shuningdek, yoshlar siyosatining barqaror rivojlanishga taʼsiriga oid asosiy masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda demografik dividenddan samarali foydalanish hamda demografik barqarorlik strategiyasi masalalari muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?