Yoshlar parlamenti aʼzolari talabalar bilan “Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida muloqot oʻtkazdi
Konstitutsiya qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari Toshkent shahridagi Texnologiya, menejment va kommunikatsiya instituti talabalari bilan “Konstitutsiya — yoshlar nigohida” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazdi.
Tadbir davomida Yoshlar parlamenti aʼzolari yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosati, media savodxonlikni oshirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslar boʻyicha fikr almashildi.
Muloqot jarayonida talabalar tomonidan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida debatlar, koʻrik-tanlovlar va viktorinalar tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida Yoshlar parlamenti aʼzolari institut kutubxonasiga kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring