Yoshlar kuniga bagʻishlangan “ARTmosfera” yoshlar koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Kecha, 10-iyul kuni Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Yoshlar kuniga bagʻishlangan “ARTmosfera” yoshlar koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur koʻrgazmada Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi stajyorlari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, “Kimyo” Xalqaro universiteti, Sergey Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti talabalari ishtirok etdi.
“ARTmosfera” yoshlar koʻrgazmasida soʻnggi ikki yil mobaynida yosh rassomlar tomonidan turli yoʻnalishlarda yaratilgan rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, installyatsiya, foto sanʼati va video-art ishlari namoyish etildi.
Shuningdek, ochilish kunida eng faol va iqtidorli ishtirokchilarni diplomlar bilan taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Gʻoliblar rangtasvir, grafika, fotografiya, raqamli sanʼat va video-art, shuningdek, eng yorqin gʻoya, anʼanalarni qayta talqin qilish va ijtimoiy yoki ekologik sanʼatga qoʻshgan hissasi kabi nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar.
Bundan tashqari, “ARTmosfera” koʻrgazmasi tomoshabinlar va yosh rassomlar uchun uchrashuv va muloqot maydoniga aylandi. Bu yerda tomoshabinlar rassomlar bilan yaqindan tanishish, ularga savollar berish va asarlar haqida fikr almashish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida oʻtkazilayotgan “ARTmosfera” yoshlar koʻrgazmasi 2025-yilning 10-avgust kuniga qadar davom etadi.
Davronbek ERNAZAROV, Otabek Saidahmadov
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring