Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi

Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Bu haqda Hukumatning muhokamaga qoʻyilgan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga oid qarori loyihasida aytib oʻtilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-sentyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
39-bandda qoʻyidagicha oʻzgartirish qoʻshilishi taklif etilmoqda:
«391. Agentlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, qoʻshimchalar, ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlardan tashkil topadi;
Agentlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari xodimlariga uzoq muddat xizmati uchun har oyda quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyent hisobida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,5;
3 yildan 5 yilgacha — 0,8;
5 yildan 10 yilgacha — 1,0;
10 yildan 15 yilgacha — 1,2;
15 yildan ortiq — 1,5»;
40-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“40. Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining uzoq muddat xizmati uchun haq olish huquqini beruvchi ish staji, Agentlik tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
- Facebook 7 million yevro jarimaga tortildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring