Yoshlar bilan ishlashda “Quvasoy tajribasi” yaratiladi
Maʼlumki, shu kunlarda davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida Fargʻona viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyatning Quvasoy shahrida yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida “Quvasoy tajribasi”ni yaratish maqsadida bir qator tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab “Jasorat” loyihasi doirasida yurish marafoni oʻtkazildi. Asosan navqiron avlod vakillaridan iborat viloyat “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari jalb etilgan tadbirda turli yosh toifasidagi quvasoyliklar ham faollik koʻrsatishdi.
Shuningdek, shu kuni “Vatanparvar” tashkiloti shahar oʻquv sport-texnika klubi maxsus avtomobillari ishtirokida koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari oʻrtasida sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Tosh koʻtarish, arqon tortish”, armrestling musobaqalarida 31 ta MFYdan taklif etilgan yigit-qiz oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.
— “Jasorat” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar “Quvasoy tajribasi” sifatida respublika miqyosida ommalashtirilishi maqsad qilingani quvonarlidir, — deydi Quvasoy shahar Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Akbarjon Murotov. — Hozirgi kunda 100 nafardan ziyod quvasoylik yoshlar “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzosi hisoblanadi. Bugungi tadbir ularning safini yanada kengaytirish hamda faolligini oshirishga xizmat qiladi.
“Huvaydo” MFYdagi sport majmuasida davom etgan tadbirda Respublika ishchi guruhi aʼzolari tomonidan yoshlar masalalari va muammolarini oʻrganish jarayonida aniqlangan koʻmakka muhtoj yigit-qizlarga yordam koʻrsatildi. Shu tariqa 4 nafar yoshga tikuv mashinalari hamda motokultivatorlar berildi. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 44 nafar talabaga toʻlov-kontraktlarini toʻlash uchun sertifikatlar topshirildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring