Yosh taekvondochilarimiz jahon chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
BAAdan xushxabar. Kadetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Murosasiz bahslarda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
-65 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Nikita Bibikov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bibikov finalda eronlik Amir Ag‘amohammadidan ustun keldi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida -41 kg. vazn toifasida Rayhona Asanboyeva yarim finalgacha yetib kelib, bronza medali sohibiga aylandi.
Shu tariqa, terma jamoamizning ushbu musobaqada hozirgacha jamg‘argan medallari 2 ta oltin va 1 ta bronzani tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring