“Yosh muhandis” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
Nukusda yosh olimlar oʻrtasida kosmik va ijtimoiy sohadagi texnologiyalar hamda ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirishga qaratilgan “Yosh muhandis” tanlovining respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida taʼkidlaganidek, yosh va barkamol avlod yangi davr va yangi Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi, kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori hisoblanadi. Shu bois oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan tashqari taʼlim sohasidagi bilimlarini mustahkamlashda bu kabi tanlovlarni oʻtkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
— Ushbu tanlov dastlab joriy yilning may oyida Toshkent shahrida oʻtkazilgandi, — deydi “Oʻzbekkosmos” agentligining boʻlim boshligʻi Xumoyun Rahmonov. — Yoshlarimiz aynan muhandislik yoʻnalishidagi ishlarga katta qiziqish bildirishdi. Shundan kelib chiqib, Qoraqalpogʻistonda ham mazkur tanlovga start berildi. Mana bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Barkamol avlod” bolalar maktabi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiya vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamkorligida yosh olimlar oʻrtasida tanlov oʻtkazilmoqda. Unga mamlakatimizning barcha hududlaridan 11 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻquvchi-yoshlardan 50 ta loyiha qabul qilindi.
Tanlov yakuniga koʻra, loyihalar yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrinni Namangan viloyatidan Nafisa Dilmurodova, 2-oʻrinni Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Azizbek Yuldashov, 3-oʻrinni Buxoro viloyatidan Ozodbek Ramazonov egalladi.
Tanlovning “Robosumo” yoʻnalishi boʻyicha Qoʻngʻirot tumanidan Baxtiyar oʻgʻli Baxitbek 1-oʻrin, Taxiatoshdan Bexruz Saburbayev 2-oʻrin va Xoʻjayli tumanidan ishtirok qilgan Utkirbek Yuldashev 3-oʻringa munosib koʻrildi. Shuningdek, “Robofutbol” yoʻnalishi boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.
“Yosh muhandis” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Gʻayrat OTAJONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring