Yosh dzyudochilarimiz qitʼa chempionatini birinchi oʻrinda yakunlashdi
Livan poytaxti Bayrut shahri mezbonligida oʻtgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati hamyurtlarimiz uchun kutilganidan ham omadli keldi.
Oʻsmirlarimiz 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashgandi. Yoshlarimiz ham ikki kunlik murosasiz bellashuvlar yakuniga koʻra qitʼada birinchi boʻlishdi.
Yoshlar terma jamoamiz 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 15 ta medal bilan 15 davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni band etishdi.
Toʻrt kun davomida Bayrutda 16 marotaba Oʻzbekiston madhiyasi yangradi. Mamlakatimiz dzyudosi tarixida hali bunday natija kuzatilmagandi.
Qozogʻiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring