“Yosh adliyachi” dasturi: yozma savodxonlikka alohida eʼtibor qaratilmoqda
Yaqinda ishga qabul qilingan xodimlar uchun Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Yosh adliyachi” dasturi doirasida yosh kadrlarning davlat tilida ish yuritish madaniyatini takomillashtirish hamda yozma savodxonligini mustahkamlashga ham alohida eʼtibor qaratilayotir.
— Adliya xodimi, umuman, huquqshunos uchun savodxonlik juda muhim jihat hisoblanadi, — deydi Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi maʼsul xodimi Dilnoz Umrzoqova. — Shu bois tuman-shahar adliya boʻlimlariga ishga qabul qilingan yangi xodim borki, har birining ushbu kasbiy talabga yarasha, yaʼni mukammal yozma savodxonlik qobiliyatiga ega boʻlishi taʼminlanmoqda. Bunda “Yosh adliyachi” dasturi doirasidagi oʻquv-seminarlar ham katta samara berayotir. Mashgʻulotlarda yuqori malakali filologlar, xususan, Guliston davlat universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan yozma nutqning aniqligi, uslubiy ravonlik, hujjat tilining soddaligi va savodxonlikning boshqa jihatlari boʻyicha saboqlar berilmoqda.
Shuningdek, “Yosh adliyachi” dasturi boʻyicha yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, adliya tizimining barcha yoʻnalishlarida sifatli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishiga zamin yaratish boʻyicha nazariy mashgʻulotlar, psixologik trening, interaktiv oʻyinlar tashkil etilayotir.
Maʼlum qilinishicha, hozirda viloyat boʻyicha adliya tizimida ishlayotgan xodimlarning 48 nafari 30 yoshgacha boʻlgan yosh mutaxassislar hisoblanadi.
Ahmadali ShERNAZAROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring