Yoqib yuborilgan maydonlar hajmi 5350 gektarga yetdi — “Oʻzbekkosmos”
Foto: “Oʻzenergoinspeksiya”
Ayni vaqtda boshoqli don ekinlaridan boʻshagan dalalarda somon poyalari va boshqa organik qoldiqlarni noqonuniy tarzda yoqib yuborish bilan bogʻliq koʻplab holatlar kuzatilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzbekkosmos” agentligi.
Qayd etilishicha, agentlikning Davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida olib borilgan kuzatishlari natijasida iyun oyining bugungi kuniga qadar Respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta mana shunday salbiy holat boʻyicha 5350 gektar maydon noqonuniy tarzda yoqib yuborilgani aniqlangan.
Mazkur vaziyatlar boʻyicha tezkor axborotlar Bosh prokuratura, Ekologiya vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.
Kosmik tahlillar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda:
- Toshkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar;
- Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar;
- Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar;
- Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar;
- Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar;
- Fargʻona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar;
- Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar;
- Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar;
- Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring