“Yassaviya tariqati”ning maʼnaviy meros sifatidagi ahamiyati qanday? — suratga olinayotgan yangi filmda ushbu savolga javob topish mumkin
«Oʻzbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Hilol Nasimov tomonidan “Meros” nomli tarixiy-badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur film oʻzbek va qozoq xalqlarining qadimiy doʻstligi, anʼana va eʼtiqodlarining birligi haqida hikoya qiladi. Shuningdek, filmda alloma Ahmad Yassaviyning “Yassaviya tariqati” maʼnaviy meros sifatida barcha musulmonlarni iymonli boʻlishga, insoniylik meʼyorlarini chuqur anglashga undashi koʻrsatiladi. Oʻzbek yigiti Baxshillo qozoq qizi Aygulga koʻngil beradi. Boshqa ovuldagi qozoq yigiti Nurlan ham uni sevadi. Ulugʻ Vatan urushi yillari bir-birini tanimaydigan bu ikki yigit birga jang qiladi va bir-birlarini oʻlimdan saqlab qoladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, ikkinchi rejissyor Mashrab Alikulov, postanovkachi operator Husan Aliyev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyev. Filmda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, Gʻayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupovalar rol ijro etishgan.
Filmning suratga olish ishlari joriy yilning oktyabr oyida tugallanishi koʻzda tutilgan. Premyera esa dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring