Yashil texnologiyalar yoʻlidagi amaliy qadam

20:21 27 Yanvar 2026 Jamiyat
307 0

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali hamda viloyat Avtomobil yoʻllari boshqarmasiga elektrda harakatlanuvchi yuk transportlari va maxsus texnikalar topshirildi.

Tantanali marosimda elektr taʼminoti tizimi xodimlariga 30 ta elektr yuk mashinasi, yoʻlsozlar xizmati uchun esa 10 ga yaqin zamonaviy maxsus texnika kalitlari ramziy ravishda topshirildi.

Bu tashabbus, avvalo, xizmat avtoparkini yangilash, ish samaradorligini oshirish va eng muhimi — atrof-muhitga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirishga xizmat qiladi. Elektr transporti kam xarajatli, shovqinsiz va ekologik jihatdan xavfsizligi bilan alohida ahamiyatga ega.

Mutaxassislar taʼkidlaganidek, yangi texnika va transport vositalari elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, avariya holatlariga tezkor yechim topish hamda yoʻl infratuzilmasini saqlash ishlarini yanada tizimli va samarali tashkil etish imkonini beradi.

Yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan bunday yangilanishlarni Surxondaryo viloyatida zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yoʻlidagi amaliy qadam sifatida eʼtirof etish mumkin.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?