Ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Buning uchun:
- har bir viloyat bahor va kuz mavsumida 15 million tup daraxt ko‘chatlari ekishi;
- barcha shaharlar atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil qilish zarur.
Lekin ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi. Masalan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan. Daraxt ko‘chatlarini yo‘llar bo‘yida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.
Davlаtimiz rahbari o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Barcha tizim va hudud rahbarlariga mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring