“Yashil makon” loyihasi boʻyicha 1 mlndan ziyod ekilmagan koʻchat hisobotlarga qoʻshib yozilgani maʼlum boʻldi

12:01 08 Avgust 2024 Jamiyat
204 0

2024-yilning oʻtgan davrida xorijiy investorlarning 15 ming 210 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordamlar koʻrsatildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Hisobot davrda 2 739 nafar yoshlarning ish bilan taʼminlanishida, 5 123 nafariga ijaraga yer ajratilishida, 1 181 nafarining tadbirkorlikka jalb etilishida, 4 048 nafariga oʻzini oʻzi band qilishida, 3 773 nafarining kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganish kurslarida oʻqitilishida koʻmaklashildi.

Ehtiyojmand aholini har tomonlama qoʻllab quvvatlash maqsadida 548 nafar aholi xonadoni taʼmirlab berildi hamda 1482 ta xonadon obodonlashtirildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar ahvoli oʻrganilganida, 541 ta holatda amalda ekilmagan 1 milliondan ziyod koʻchat hisobotlarga qoʻshib yozilgani, 580 mingtasi sugʻorish tizimi mavjud boʻlmagan joylarga ekilganligi va 19 mingdan ortiq koʻchat oʻz vaqtida ekilmaganligi sababli nobud qilinganligi aniqlanib, keskin choralar koʻrildi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan 235 nafar shaxs intizomiy, maʼmuriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 32 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda 1 200 nafardan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Xususan, faoliyati oʻrganilgan 13 ta oliy va professional taʼlim muassasalarida aniqlangan byudjet mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish va talon-toroj qilish holatlari boʻyicha 14 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер