“Yashil belgi” ekologik markirovka tartibi belgilandi
Illyustrativ foto
“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisida»gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, ushbu nizom sertifikatlashtirishni oʻtkazish, talabgorni avtorizatsiyadan oʻtkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qoʻllashni oʻz ichiga oladi.
Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish boʻyicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi va ariza 5 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.
Maʼlumotlarga koʻra, sertifikatlashtirishni oʻtkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Shuningdek, ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari boʻyicha xulosa rasmiylashtiriladi.
Taʼkidlash joiz, sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring