Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.
Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.



Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq mahalliy tadbirkorlar qishloq xoʻjaligi, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, kimyo sanoati, charm-poyabzal va toʻqimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati kabi yoʻnalishlarda oʻzlari ishlab chiqarayotgan 500 turdagi sanoat mahsuloti bilan ishtirok etmoqda.
Afgʻonistonlik ishbilarmon doira vakillari yarmarkada namoyish etilayotgan mahsulotlarga katta qiziqish bildirdi. Shuningdek, erkin savdo zonasi hududidagi “Hilton” mehmonxonasi, “AKFA MEDLINE” klinikasi, logistika terminali va boshqa tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishyapti.
Yarmarka doirasida qoʻshni mamlakat vakillari bilan ikki tomonlama oʻzaro almashinuv kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan. Shuningdek, kooperatsiya asosida qiymati 250 milliard soʻmlik hamkorlik shartnomalarini imzolashi ham kutilmoqda.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring