Yaqindagina saylangan Alisher Usmonov FIE'dagi prezidentlik faoliyatini toʻxtatdi
Asli oʻzbekistonlik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimidan ixtiyoriy ravishda ketdi. Bu haqda tadbirkorning rasmiy vakiliga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
Alisher Usmonov 30-noyabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan tashkilot kongressida FIE rahbari lavozimiga qayta saylangandi. Nashrga koʻra, u saylangan kunining ertasigayoq oʻz vakolatlarini ixtiyoriy ravishda toʻxtatgani maʼlum qilgan.
“Alisher Usmonov oʻzining soʻzsiz gʻalabasidan soʻng FIE manfaatlaridan kelib chiqib, unga nisbatan joriy etilgan yuridik jihatdan asossiz sanksiyalarning FIE va uning faoliyatiga tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishini maʼlum qildi va shu munosabat bilan FIE ijroiya qoʻmitasini oʻz vakolatlarini ixtiyoriy ravishda toʻxtatib turgani haqida xabardor qildi. Hammasi qonun va adolat doirasida hal qilinishi kerak”, degan Usmonovning vakili.
Malumot uchun, Usmonov 2008-yilda FIE'da prezidentligiga kelganidan soʻng ketma-ket uch marta rahbarlikka qayta saylangan. Biroq 2022-yilning mart oyida Yevropa ittifoqi tomonidan unga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring