Yaqin orada tinchlik boʻlishini kutmayapman — Tramp Putinga yana qoʻngʻiroq qildi

Illyustrativ foto
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar berdi. Unga koʻra, Putin Ukrainaning Rossiya harbiy aerodromlariga bergan zarbalariga javob berish niyatida.
“Bu yaxshi qoʻngʻiroq boʻldi, lekin zudlik bilan tinchlikka olib keladigan qoʻngʻiroq emas”, — deydi Oq uy rahbari.
Trampning soʻzlariga koʻra, 1 soat 15 daqiqa davom etgan suhbat davomida u Putin bilan Rossiya harbiy aerodromlariga qilingan hujum — Ukrainaning “Oʻrgimchak turi” operatsiyasini muhokama qilgan.
“Prezident Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumga javob berishga majbur boʻlishini aniq aytdi. Bundan tashqari, AQSHning Eron bilan yadroviy kelishuvi muhokama qilindi. Prezident Putinga Eron yadro quroliga ega boʻlmasligini aytdim va oʻylaymanki, biz bu borada kelishib oldik. Prezident Putin Eron bilan muzokaralar olib borishni va, ehtimol, bu masalani tez yakuniga yetkazishda yordam berishni taklif qildi”, — deydi Tramp.
Bu Trampning Oq uyga qaytganidan keyin Putin bilan toʻrtinchi telefon orqali muloqoti. Bundan oldingi suhbat 19-may kuni boʻlib oʻtgan edi.
Shu yilning 1-iyun kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati “Oʻrgimchak toʻri” operatsiyasi davomida Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizi shikastlangani haqida xabar berdi. Irkutsk, Ryazan, Murmansk va Ivanovo viloyatlaridagi harbiy aerodromlarga yaqin atrofdagi yuk mashinalaridan masofadan uchirilgan dronlar orqali hujum qilindi. Moskva samolyotlarga zarar yetganini tasdiqladi, ammo ularning sonini ochiqlamadi. Mustaqil harbiy ekspertlar sunʼiy yoʻldosh suratlari asosida kamida 13 ta rus samolyotiga zarar yetkazilganini maʼlum qildi.
Shu yilning aprel oyi oʻrtalarida AQSH va Eron yangi kelishuv boʻyicha muzokaralarni boshlagan edi. Oʻtgan beshta muloqot natijasiz yakunlandi. Tramp prezidentlikka qaytganidan beri Tehron bilan yangi kelishuvga intilib, muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, harbiy choralar koʻrish bilan tahdid qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring