Yaponlar “qasos” olishda davom etmoqda. Yaponiyalik yana bir dzyudochi hamyurtimizni birinchi bosqichda turnirdan chiqarib yubordi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi jahon chempioni Irisxon Qurbonboyeva “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini boshladi.
-78 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Irisxon Qurbonboyeva chorak final yoʻlida yaponiyalik Rika Takayama bilan bellashdi. Afsuski, bahs kunchiqar yurt vakilining gʻalabasi bilan nihoyasiga yetdi.
Qayd etish kerakki, yaponiyalik dzyudochi qizlar hamyurtlarimizni, xususan, Irisxon Qurbonboyeva va Gulnoza Matniyazovalarni turnirdan chiqarib yuborishdi.
Shu tariqa, dzyudochi qizlarimiz yakkalik bellashuvlaridagi ishtiroklarini yakunlashdi. Endi ular jamoaviy bahslarda qatnashishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring